Kollejda o’tkazilgan tadbirlar

2-son Nukus tibbiyot kolleji O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1991-yil 31 dekabr ą1031 buyrug’iga asosan ochilgan. 2000 yildan buyon Nukus tibbiyot kolleji bo’lib faoliyat ko’rsatmoqda. Vazirlar Mah’kamasining 2005 yil 10-iyundagi 05-6-73-sonli bayonidagi topshiriqqa asosan 2007 yili dekabr oyida yangi bino foydalanishga topshirilgan.

Kollejda mutaxassislik tayorlash borasida o’quv jarayoni davlat talim standartlari talablariga to’liq jabov beradigan darajada tashkil etilib, o’quv amaliyotining utilishiga barcha imkoniyatlar yaratilishiga katta etibor qaratilganligi bois, kollej o’qituvchilari tomonidan 2011-2012 o’quv yilida 8 ta mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv darsliklari qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib, respublika nashrida chop etildi, shuningdek yakka mualliflik ishi bo’yicha 12 ta o’qituvchining o’quv uslubiy ishlanmalari nashr etilib tibbiyot kollejlari tomonidan o’quv jarayonida foydalanib kelinmoqda. Kollejni bitirgan o’quvchilar orasidan o’z mutaxassisligi

bo’yicha chuqur bilimga ega va davolash profilaktika muassasalarida ish faoliyati davomida malakali kadr sifatida elga tanilgan o’quvchilarimiz respublika kurik tanlovlarda sovrunli o’rinlarni egallab kelmoqda.

Kollejda o’quvchilarining komil inson bulib etishishida barcha sharoitlar yaratilib, ularning sport, o’zlarini qiziqtirgan mutaxassisliklari bo’yicha tugarak ishlari, umumtalim fanlardan fan olimpiadalariga qatnashtirishga katta etibor qaratilgan va yutuqlarga erishilib kelinmoqda.

Kollej o’quvchilari h’ar xil sport musobaqalarida qatnashib, 2010 yilda 12 ta sovrunli o’rinlarni, 2011 yili 17 ta sovrunli o’rinlarni, 2012 yili 20 ta, 2013 yili 22 ta sovrunli o’rinlarni egallagan.

Kollejdagi sport ommaviy ishlarini rivojlanishiga etiborni kuchayttirishi natijasida O’zbekiston Respublikasi miqiyosida, Aziya chempionatida ishtirok etgan kollej o’quvchilari A. Shirazaddinova, A.Ranova, G.Bekmuratovalar Bronza medali sovrundari buldi. Shuningdek sportning erkin kurash turi buyicha Yusupbaev Muxammedali Qozog’iston Respublikasida o’tkazilgan turnirda I-o’rinni, sportning boks turi bo’yicha Ubbiev Davran I-o’rinni egallashga sazovar buldilar. Toshkent shah’rida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida sportning taekvan-do turi bo’yicha G. Bekmuratova va A.Paxratdinovalar I-o’rinlarni, J.Nurgaliev Nukus shaxrida utkazilgan sportning deyu-do turi bo’yicha Qoraqalpog’iston birinchiligada I-o’rinlarni egallagan.

Shuningdek, kasb-h’unar kollejlari orasida utkaziladigan fan olimpiadalarida kollej o’quvchilari ishtirok etib, 2011 yil geografiya fani bo’yicha 3-bosqich o’quvchisi Allanazarova Biybiruza va 2012 yili o’zbek tili va adabiyoti fani bo’yicha Sarsenbaeva İnobat Toshkent shah’rida utkazilgan fan olimpiadasining III-bosqichida ishtirok etdi.

2013 yil 3-yanvar kuni Nukus shah’rida kasb-h’unar kollejlari orasida o’tkazilgan fan olimpiadasida kollej o’quvchilari 3 ta I-o’rinni, 4 ta II-o’rinni, 1 ta III-o’rinni egallashga sazovar bo’lgan.

2014 yil yanvar oyila utkazilgan kasb-h’unar kollejlari orasida o’tkazilgan fan olimpiadasida Geografiya fanidan 3-kurs o’quvchisi Bazarbaeva Nurbanu 1-urinni, ximiya fanidan 3-kurs o’quvchisi Abdieva Aliya 1-o’rinni, matematika fanidan 3-kurs o’quvchisi Berdibaeva Aynura 2-urinni, biologiya fanidan 2-kurs o’quvchisi Tursınbekova Mavlyuda 2-urinni, tarix fanidan 2-kurs o’quvchisi Tleumuratova Dinara 2-urinni, fizika fanidan 3-kurs o’quvchisi Nurımbetova Malika 2-urinni, rus tili fanidan 2-kurs o’quvchisi Uteshova Sogdiona 2-urinni, qorakalpok tili va adabiyoti fanidan 3-kurs o’quvchisi Paraxatova Zulfiya va 2-kurs o’quvchisi Kenesbaeva Mexriban 2-urinlarni egalalshga muvofiq buldilar.

Kollejdagi yosh o’qituvchilar, ishchi xodimlar va o’quvchilar orasida “Siz tarixingizni bilasizmi?”, “Balli qizlar” ko’rik tanlovi, “Xotira va qadrlash kuni” ga tadbirlar, kollej yoshlari orasida gieh’vandlik, OİTS kasalliklari, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy tasiri to’g’risida suh’batlar, uchrashuvlar tashkil etildi. Yilning “Alo o’qituvchisi”, “Eng yaxshi o’quv-uslubiy kompleks”, “Eng alo kafedra boshligi”, “Eng alo guruh’ rah’bari”, “Eng alo kabinet boshligi” tanlovi o’tkazildi va g’oliblar kollej kasaba uyushmasi tomanidan qimmatbah’o sovg’alar bilan taqdirlandi.

Kollej o’qituvchilari tomonidan 8 ta o’quv qo’llanma, 36 dan ortiq ilmiy uslubiy maqolalar, uslubiy qo’llanmalar nashr etilib, 3 ta fandan o’quv darsligi qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib darslik chop etilgan, 1 ta nafar tadqiqotchi ilmiy izlanish olib bormoqda. 2011 yili Qoraqalpog’iston Respublikasi tibbiyot kollejlari orasida o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi mutaxassisi» ko’rik tanlovida kollej o’qituvchisi Aymuratova Gulbaxar ishtirok etib, sovrinli I-o’ringa miyassar bo’lgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi, Halq talimi vazirligi, O’rta maxsus kasb-h’unar talimi boshqarmasining 2011 yil 26-aprel Qoraqalpoq Davlat Universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyda «O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati» mavzusida o’tkazilgan tanlovda kollej ukuvchisi Nietullaeva Gulbah’ar sovrinli II-o’rin g’olibi bo’lgan.

İqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash, ularni moddiy va manaviy rag’batlantirish borasida iqtidorli yoshlar uchun qushimcha mashg’ulotlar utkazilib borilmoqda.

Kollejda o’quvchi yoshlar va o’kituvchi xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning ongiga Vatanparvarlik va milliyg’oyani singdirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, sog’lam turmush tarzini targ’ibot va tashqivot ishlarini yo’lga qo’yish, ozod shaxsni shakllantirish, h’uquq va vazifalarini yaxshi biladigan, o’z kushi va imkoniyatlariga suyanadigan, atrofdagi yuz berayotgan voqealarga o’z fikr munosabatlarini mustaqil bildira oladigshan, h’ar tomonlama etuk barkamol avlodni tarbiyalashga katta etibor qaratilgan.

Bu borada oxirgi uch yilda kollejning axborot-resurs markazi faoliyatiga katta etibor qaratilib 2009-2010 o’quv yilidagi 20289 kitob fondi, 2012-2013 o’quv yilida 29589 ga erishildi. Kollejning o’qituvchi va o’qituvchilari siyosiy bilimlarini oshirib borish maqsadida 2011 yilda 13 mln so’mga gazeta-jurnallarga, 2012 yilda 16 mln so’mga, 2013 yilda 20 mln so’mga obuna bulish tashkillashtirilgan.

İqtidorli o’quvchilardan Davletiyarova Mexriban Toshkent shaxrida utkazilgan «Duppi tikdim epaklari tilladan» kurik tanlovida sovrinli o’rinni egalladi. Shuningdek «Mening orzu istaklarim» nomidagi insholar kurik tanlovida M.İlyasova qatnashib I-o’rinni egalladi. Kollejning o’quvchi yoshlari orasida o’quv yili davomida odam savdosiga qarshi kurash, voyaga etmaganlar oraisda h’uquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qizlar orasida erta turmush qurishning oxibatlari h’aqida ichki ishlar vazirligi va prokuratura xodimlari, mah’alla va xotin qizlar qo’mitalari qatnashida uchrashuvlar tashkillashtirildi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Talim to’g’risida» gi Nizomini o’quv jarayonida amalga oshirish yo’lida fidokorana xizmat ko’rsatayotgan o’kituvchilardan 1 nafari tibbiyot fanlari doktori, 1 nafari «Sog’liqni saqlash alochisi» ko’krak nishoni, 2 nafari «Talim alochisi» va bir nechta o’qituvchilar O’rta maxsus kasb-h’unar talimi boshqarmasining va Qorakalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan «Faxriy yorliq» lari bilan mukofatlangan.

Kollejda o’tkazilgan tadbirlar